05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Hukumat
21 May  2020 814
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli koʻchasi kesishmasidagi yoʻl oʻtkazgichni koʻzdan kechirdi.

Oxirgi uch yilda Toshkent shahrida yengil avtomobillar soni 95 mingtaga koʻpaygan. Hududlardan poytaxtga kelib-ketayotgan mashinalar soni ham oshmoqda.

Shu bois koʻchalarning oʻtkazuvchanligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish maqsadida oʻtgan 3 yilda 4 ta yoʻl oʻtkazgich koʻprik qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ohangaron shossesi Toshkent halqa yoʻlining bir qismi. Maxtumquli koʻchasining yangi qismi bitkazilgach, ushbu yoʻllarda transport harakati yana-da ortgan edi. Ushbu koʻchalar kesishmasida 2018-yilda boshlangan loyiha bu yil roʻyobga chiqib, haydovchilarga juda katta qulaylik yaratdi.

Mazkur transport yechimi uch pogʻonadan iborat boʻlib, tunnel uzunligi 593 metr, halqa shaklidagi oʻrta pogʻona 29 metr, estakada qismi 502 metrni tashkil etadi. Tunnel va estakadada qatnov olti, oʻrta pogʻonada esa besh qatorli.

Ilgari bu chorraha soatiga 7 ming avtomashinani oʻtkazish quvvatiga ega edi. Endi soatiga 20 mingta transport vositasini uzluksiz oʻtkazish imkoniyati paydo boʻldi. Bu yerda svetofor ishlatilmasligi ham toʻxtovsiz harakatni taʼminlaydi.

Yana bir jihati – bu yangi obyekt katta yuklamani oʻziga olib, “Toshkent-Chimyon” yoʻnalishi boʻyicha masofani 22 kilometrga qisqartirdi.

- Poytaxtda yengil avtomobillar soni yana-da koʻpayishi aniq. Shuning uchun ertangi kunni oldindan koʻrib, koʻchalarni kengaytirish, koʻpriklar qurish ishlarini davom ettirish kerak, - dedi Prezident.

Obyektda 170 ta energotejamkor yoritish ustunlari oʻrnatilgan, atrofda 15 ming kvadrat metr maydon obodonlashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech