17 Fevral 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,2 °C

Transport
25 Dekabr  2018 229

Uch millioninchi avtomobil egasi taqdirlandi

GM Uzbekistan AJ xabar berishicha, 24 dekabr kuni «LUX AUTO MOTORS» avtosalonida GM Uzbekistan AJda ishlab chiqarilgan uch millioninchi avtomobil egasiga topshirildi. Yubiley avtomobilining baxtli sohibi korxona direktori Shamsiddinxo‘ja Tillaxo‘jaev shaxsida «RENT LIGHT» MChJ bo‘ldi, u Nexia-3 avtomobilini xarid qildi.

Avtosalonda baxtli xaridorni bezatilgan avtomobil, GM Uzbekistan hamda «LUX AUTO MOTORS» vakillari bayramona tarzda kutib oldi. Tantanali ravishda xaridorga maxsus bayram sertifikati, sovg‘alar va «LUX AUTO MOTORS» avtosalonidan plazmali televizor ham topshirildi.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, 2008-yilda GM Uzbekistan konveyeridan chiqqan millioninchi avtomobil ham, 2013-yilda chiqqan ikki millioninchi avtomobil ham Chevrolet Lacetti bo‘lgandi, uch millioninchisi esa Chevrolet Nexia-3 avtomobili bo‘ldi.

 http://gmuzbekistan.uz rasmi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech