25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Bilasizmi?
25 Mart  2019 902

Pavel Durov: «Endi yozgan xabarlaringizni to‘liq nazorat qila olasiz»

Endilikda Telegramda eski messenjerlarni o‘chira olasiz. Pavel Durov o‘z kanalida bu qarorni izohladi.

 

«So‘nggi 10-20 yil ichida har birimiz minglab odamlar bilan millionlab xabarlar almashganmiz. Bunday ko‘plab jurnallar qaerdadir o‘zgalarning qutilarida va qo‘lingiz yetmaydigan joyda saqlanib qoladi. Munosabatlar boshlanadi va yakuniga yetadi, biroq sobiq do‘stlaru hamkasblar bilan xabar almashuvlarga hamisha o‘zgalarning kirish imkoni mavjud. Oradan o‘nlab yillar o‘tgach, siz allaqachon nima haqida yozganingizni unutib ham yuborgan eski xabar matndan kesib olinib, o‘zingizga qarshi foydalanilishi ehtimoli mavjud. Maktabda dugonangizga shoshilinch yo‘llagan xabaringiz sizni 2030-yilda, shahar merligiga nomzodingizni qo‘yganingizda ta'qib qilishi ham mumkin. Tan olishimiz kerak: maxfiylik va shifrlash borasidagi bizning ancha taraqqiy etib ketganimizga qaramay, amalda o‘z ma'lumotlarimizni juda kam samara bilan nazorat qila olamiz. Biz vaqtda ortga qaytib, boshqalar o‘zimizga qarshi foydalanmasligi uchun u yoki bu ma’lumotni o‘chirib tashlay olmaymiz.

O‘chirib tashlolmasdik. Bugunga qadar. Endilikda har bir Telegram foydalanuvchisiga istalgan shaxsiy xabarni ikki tomonlama o‘chirib tashlashga ruxsat beramiz. Ma’lumotni kim, qachon va qayerdan jo‘natganining ahamiyati yo‘q – ularni to‘liq nazorat qila olasiz. Agar istasangiz, ikki tomonning so‘zlashuvini to‘liq o‘chirib tashlashingiz mumkin».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech