24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Mamlakatimizda
7 May  2019 887

Buyuk g‘alaba yodgorligi

«Qardoshlik mozori» xotira yodgorligi nomi bilan tanilgan - harbiy yodgorlik majmuasi poytaxtning unutilmas va ta'sirli joylaridan biri hisoblanadi. Bu yerda urushning dahshatli yillari, insoniylikni, muhabbat va kelajakni himoya qilishda halok bo‘lgan odamlar haqidagi xotiralar mujassam.

Majmua – o‘z mamlakati, O‘zbekistonni butun dunyoga tanitgan haqiqiy vatanparvarlarning, Vatanimizning chinakam mard o‘g‘lonlari jasorati ramzidir. Har 9-may kuni bu yerda vatandoshlar o‘zbekistonlik askarlarning mardligiga hurmat bajo keltirish uchun yig‘iladilar.

Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan 1,5 million vatandoshlarimizdan qariyb yarim millioni haloq bo‘lgan. Ushbu og‘ir va mashaqqatli, qayg‘u hamda ochlik hukm surgan dahshatli yillarda yurtimiz xalqi frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan millionga yaqin oila va bolalarni o‘z bag‘riga olgan. Bu yerda ular nafaqat boshpana va oziq-ovqat, balki o‘zbekistonlik ota-ona, aka-opalarga ham ega bo‘lishdi.

Urush nafaqat har bir insonni o‘zgartirdi, balki millati, irqi, dinidan qat'i nazar musaffo osmon, do‘stona munosabatlarning qadriga yetishga majbur qildi. 9-may – yangi hayot boshlanishi sanasiga aylandi. Hozirgi tinchlik davrida yashayotganlarning asosiy vazifasi – urushlar keltiruvchi og‘riq va dahshatlarni unutmaslik hamda kelgusida bunga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Urushdan g‘alaba bilan qaytganlarni xotirlashimiz bilan ham ushbu bayram muhimdir. Davlat tomonidan urush qatnashchilarini va nogironlarini tabriklash marosimlari ham tobora an'anaga aylanib boryapti. Ularga va mehnat fronti veteranlariga, xizmat burchini bajarayotib halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga ma'naviy va moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu kunda mamlakatimizning barcha shaharlarida konsertlar va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi. Va albatta, odamlar poyiga gullar qo‘yib, bir daqiqa sukut saqlab qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun yodgorlik majmualariga yo‘l oladilar. Toshkentda Shota Rustaveli va Choponota ko‘chalari chorrahasidagi urush yillari harbiy gospital joylashgan yer o‘rnida qad rostlagan «Qardoshlik mozori» xotira yodgorligi ham ana shunday markazlardan biridir. Bu yerda, jumladan, tinchlik davrida vafot etganlarining ham, o‘rnatilgan byustlari va qahramonlar alleyasi mavjud. Aziz dilbandi, jigargo‘shasi – farzandini yo‘qotgan, mushtini ko‘kragiga qo‘ygan «Motamsaro ona» haykali va «Jasorating abadiy» yozuvli «Mangu olov» ham yonib turadi.

Bir muddat majmuaga e'tibor susaydi. Ko‘pchilik uni o‘z xoliga tashlab qo‘ylilganini e'tirof etdi ham. Ammo so‘nggi yillarda vaziyat butunlay ijobiy tomonga o‘zgardi. Ushbu butun mamlakat uchun muhim sanalgan joyga yana odamlar kela boshladilar. Ular nafaqat xotira kunlarida, balki boshqa sanalarda ham tashrif buyurmoqdalar.

– 1940-yilda, urushdan bir yil oldin tug‘ilganman, – deydi toshkentlik Galina Golubeva. – Otam 44-yilda halok bo‘lgan. Bu yerda buvim, katta buvim, 1962-yilda o‘quv mashg‘ulotlari chog‘i halok bo‘lgan bronetank qo‘shinlari kapitani bo‘lgan tog‘am va boshqa yaqinlarim mangu qo‘nim topgan. Ko‘p yillardan beri bu yerga kelaman va shu joy menda xuddi vaqt to‘xtab qolgandek hissiyotni uyg‘otadi. Ko‘pincha maktab o‘quvchilarining to‘da-to‘da bo‘lib kelganiga ko‘zim tushadi, bir xilda o‘zlari mustaqil kelishadi. Ularning ko‘zlariga qarab turib bunday fojianing boshqa qaytarilmasligini ko‘raman negaki, bugun tinchlikdan boshqasini bilmaydigan va uning qadriga juda yaxshi yetadigan avlod vakillari paydo bo‘ldi. Bugunda Xotira va qadrlash kuni bayramining nishonlanishi bunga yaqqol dalildir. Zero, bizdan keyin ham mamlakatni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylaydigan avlodni tarbiyalayapmiz. Kimda-kim o‘tmishini bilmasa yoki unutgan bo‘lsa, uning kelajagi ham yo‘q, deb bejiz aytilmagan, axir.

Bugun yodgorlik majmuasi obodonlashtirilmoqda. Bir necha o‘nlab yillar davomida yorilib, shikast yetgan qahramon-shaharlar nomlari yozilgan marmar plitalar yangilariga almashtirildi, plitalar yotqizilib, beton konstruksiyalar mustahkamlandi. Shaharliklar va mehmonlarni bu yerda yaqinda o‘tqazilgan daraxtlar va gullar qarshi oladi. Shunday qilib, tarixiy muhim joy e'tiborga sazovor bo‘ldi va hali bizga uzoq yillar davomida buyuk ajdodlarimizni eslatib turadi.

Fayzulla Mo‘minov.

Sabina Alimova.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech