26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Mamlakatimizda
8 Fevral  2019 5247

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etiladi

Bu Prezidentimizning 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etiladi.

 Filialga yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

 Shuningdek, bu yerda nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta'minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta'lim berishning modul tizimi asosida tashkil etiladi. Ta'lim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish ishlariga alohida e’tibor qaratiladi.

 Yangi filial yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan o‘zaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtiradi.

 Belgilandiki, filialga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi. Filial direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosarlari esa – Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.

 O‘qitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha esa – har olti oyda 50 kishini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasiga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan alohida shaxslarni yuridik kadrlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha belgilangan kvotalar (davlat grantlari)dan tashqari Filialda o‘qitish uchun to‘lovni amalga oshirish huquqi beriladi.

 Filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni o‘tmasdan, “leytenant” maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech