19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Agrosеktor
20 Noyabr  2018 1231

Fermerning ulkan oshqovog‘i

Yangiyo‘l tumanidagi «Saidnazar-Alinazar» ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Alinazar Imomnazarov meva-sabzavotlar yetishtirishdan tashqari uzoq yillardan beri seleksiya (yangi navlar olish) bilan ham shug‘ullanadi.

U oshqovoqning ko‘plab yangi navlarini yaratgan. Yetishtirilgan ayrim oshqovoqlarning vazni 40-45 kilogrammgacha yetadi.

– Sakkiz gektar maydonda bog‘imiz bor, – deydi fermer. – Yerdan unumli va oqilona foydalanish kerak. Shu bois daraxtlar orasiga turli sabzavotlar, qulupnay va boshqa ekinlar ekamiz. Oshqovoq o‘stirishni esa bir paytlar otam boshlagan va menga ham buning nozik sirlarini o‘rgatgan. Juda katta va mazasi shirish hosil olish bu – kattagina ilm degani. Bunda vaqtida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, quyosh nuri va boshqa omillar muhim rol o‘ynaydi.

Fermer o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yangiyo‘l tumani va poytaxt bozorlarida sotadi. Yetishtirilgan ulkan oshqovoqlarga xaridorlarning qiziqishi katta.

Vali Qodirov.
Rashid Galiev olgan surat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech