07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Xalqaro hamkorlik
21 May  2020 301

Turkiyaning saxovat yordami

Turkiya Oʻzbekistonga 50 ta sunʼiy nafas oldirish apparatini taqdim qildi.

Turkiya hukumati tomonidan taqdim etilgan insonparvarlik yuki «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining 21-mayda Istanbuldan parvoz qilgan maxsus charter reysi orqali Toshkentga yetkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Ushbu saxovat yordami Turkiyada ishlab chiqarilgan 50 ta sunʼiy nafas oldirish apparatidan iborat. Oʻzbekistonning Anqaradagi elchixonasi Turkiya muhandislari ishlanmasini Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun begʻaraz asosda taqdim etilishi masalasini ishlab chiqdi.

Turkiya Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Xalqaro aloqalar bosh boshqarmasi rahbari professor Salim Qilichning qayd etishicha, Turkiyaning oʻzida ham ushbu qurilmalarga boʻlgan talabning toʻliq qondirilmaganiga qaramasdan, mamlakat birodar Oʻzbekistonga zarur tibbiy uskunalarni taqdim qilgan.

Ushbu sunʼiy nafas oldirish apparati Turkiyaning “Arçelik”, “ASELSAN”, «Baykar Makine» va «Biosys» kabi yirik kompaniyalari muhandislari tomonidan yaratilgan. Mutaxassislar fikriga koʻra, Turkiyaning sunʼiy nafas oldirish apparati boshqa koʻplab muqobillariga qaraganda raqobatbardosh va yuqori sifatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech