17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Mamlakatimizda
1 Iyun  2019 408

Turkiya kompaniyalari Toshkentdagi qurilishlarda ishtirok etadi

Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning Erkin iqtisodiy zonalar va xorijiy investitsiyalar bosh boshqarmasi bosh direktori Ug‘ur Ozturk va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov poytaxtimizda keng miqiyosda olib borilayotgan qurilish tadbirlari haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yaqin orada Yangi Toshkentni qurish ishlari boshlanishini ma'lum qildi. Hozirda esa shahrimizda bir necha “sity”larni barpo qilish loyihalari amalga oshirilayotganligini qayd etdi.

Turkiyalik mehmonlar O‘zbekistonda mavjud salohiyat va imkoniyatlar, xususan, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyot, qulay investitsiya muhiti, tarixiy shaharlar va muqaddas qadamjolar ularda katta qiziqish uyg‘otayotganligini ma'lum qilishdi. Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga e'tibor qaratib, Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlarida ishtirok etish taklifini bildirishdi.

Ta'kidlash joiz, Turkiya dunyodagi katta yigirmatalikka kiruvchi davlatlardan biridir. Shu ma'noda ko‘plab sohalarda ular bilan hamkorlik qilish samaralidir.
Shundan kelib chiqib, uchrashuvda o‘zaro hamkorlikka oid masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech