10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Turizm
29 May  2020 1818

Yurtimizda ichki turizm ochiladi

“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi.

“Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, belgilangan sanitariya-gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020-yil 1-iyundan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi va yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obyektlari hamda boshqalar) faoliyati boshlanadi.

Fuqarolariga Oʻzbekistonga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar roʻyxatini belgilab olgan holda kirish turizmi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, dam olish uylari va boshqalar) uchun:

- 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar foyda soligʻi stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;

- 2020 va 2021-yil yakunlari boʻyicha zararlarni Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda oʻtkazish huquqi beriladi;

- 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi.

Shuningdek, joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻimni toʻlashni 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda toʻlash asosida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech