03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xalqaro hamkorlik
29 Iyun  2020 189

Turizmdan taʼlimgacha birgalikda rivojlantiriladi

Sichuan provinsiyasi bilan hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

2020-yil 24-iyun kuni Oʻzbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari ishtirokida Sichuan provinsiyasi Tashqi ishlar kanselyariyasi bilan videomuzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralar kun tartibidagi asosiy mavzular Sichuanning respublikamiz viloyatlari va Toshkent shahri bilan turizm, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorligini yana-da rivojlantirish masalalari boʻldi.

Videokonferensiya chogʻida turistik almashinuv masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, 2020-yilda “Zhejiang Loong Airlines” aviakompaniyasining “Chendu-Toshkent-Chendu” yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri reysning ochilishi turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish va xitoylik sayyohlar oqimini oshirish uchun yaxshi zamin yaratgani, shuningdek, xitoylik ishbilarmonlarga Oʻzbekiston va XXR oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildiradigan xitoylik tadbirkorlarga yangi imkoniyatlarni ochgani taʼkidlandi.

Bundan tashqari, taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, Oʻzbekistonda Sichuan universitetining filialini ochish masalasini birgalikda oʻrganishga qiziqish bildirildi.

Xitoy tomon 2020-yilning yanvar oyida Chendudan Toshkentga birinchi charter reys bilan Sichuan provinsiyasi OAV va turoperatorlarining tashrifi tashkil etilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston shaharlari va Sichuan provinsiyasining sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, Sichuan universiteti delegatsiyasining yaqin kelajakda Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi, beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech