03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Turizm
14 Fevral  2020 978

Turizmda yangi yo‘nalish

Xiva shahrida O‘zbekiston Gastronomik turizm asotsiatsiyasining Xorazm viloyati filiali hamda gastronomik ko‘cha tashkil etiladi.

Joriy yil 13-fevralda Xorazm viloyatida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiyasiyasi tomonidan viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar, restoranlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda shunga oid kelishuvga erishildi.

Mazkur tadbir Xorazm viloyatining gastronomik turizm salohiyatini rivojlantirish, gastronomik turizm ob‘ektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, yangi turizm mahsulotlari yaratish hamda gastronomik turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirildi. 

Gastronomik ko‘cha tashkil etishda shuningdek, viloyatdagi mehmonxonalarga o‘zbek nonushtasini joriy etish hamda milliy oshxonalardagi servis sifatini yaxshilash orqali sayyohlarda ijobiy taassurot qoldirish ham ko‘zda tutilgan.

Bu kabi uchrashuvlarni Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech