01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Turizm
8 May  2020 585

Turizm sohasi kengaymoqda

O‘zbekistonda Sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi.

Undan ko‘zlangan maqsad sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratishdir.

Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-  imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazish;

-  imkoniyati cheklangan shaxslar sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;

-  sotsial turizm sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

-  inklyuziv turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, uchinchi yosh toifa vakillari, shuningdek nogironligi bo‘lgan kishilar uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etishga ko‘maklashish va boshqalar.

Assotsiatsiya bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning sayohatlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun «Sayohat barcha uchun!» xayriya sayohati tashkil etiladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech