24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,5 °C

Turizm
2 Fevral  2019 1893

Turistik ma’lumotlar javonlari o‘rnatilmoqda

Samarqandning turizm salohiyatini oshirish maqsadida viloyat hokimligining turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan turistik axborot markazi burchaklari tayyorlandi.

 

Viloyat hokimligi telegram kanalida yozilishicha, Axborot markazi burchaklari ma'lumot va axborotlar javonlarga joylashtirilgan shaklda tashkil etilib, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasida joylashtirildi.

Bunday axborot markazlari viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy turistlar uchun diqqatga sazovor maskanlar, madaniy meros ob'ektlari haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishda muhim ahamiyatga ega.

Tez kunlarda bunday axborot javonlari Shohi-Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi, Xoja Doniyor maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Hazrati Xizr masjidi hamda Samarqand temir yo‘l stansiyasi va aeroportda joylashtirilishi belgilangan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech