03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Turizm
7 Fevral  2020 1259

Turistik industriya ob’ektlari ish sifatini onlayn baholash mumkin

Turistik industriya ob’ektlarida bugungi kunda QR texnologiyalari qo‘llanila boshladi.

«Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» Davlat unitar korxonasi (keyin – Markaz) tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyiha  mahalliy va xorijiy turistlarga taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oshirish va uni baholashga xizmat qiladi.

QR-so‘rovnoma – turistik industriya ob’ektlarining ishini baholashning qulay usuli bo‘lib turistik industriya ob’ektlarida, ya’ni mehmonxonalar, xostellar, aeroportlar, temir yo‘l va avtobus vokzallari, restoranlar, kafe, me’moriy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar, muzeylar, teatrlar, tog‘ chang‘isi trassalarida sayohatchilarga taqdim etiladigan xizmatlar sifati to‘g‘risida turistlarning fikrini aniqlashga imkon beradi.

Bunda sayohatchi maxsus axborot mobil ilovadan foydalangan holda xizmatlar sifatini onlayn baholashi mumkin. So‘rovnoma shuningdek turoperatorlar, gidlar va tarjimonlarning xizmatini baholash imkoniyatini ham beradi.

Loyihaning birinchi bosqichida axborot stikerlari respublikamizning joylashtirish vositalarida joylashtiriladi.

Shungidek, QR-so‘rovnoma natijalarining monitoringi muammoli holatlarga tez javob berish va turistlarga xizmat ko‘rsatishda aniqlangan kamchiliklarni muntazam bartaraf etishga imkon beradi.

QR-so‘rovnoma loyihasida faol ishtirok etish turistik industriya ob’ektlarida xizmatlar sifatini oshirish hamda mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida tadbirkorlar uchun ham, sayohatchilar uchun ham qulay imkoniyatdir, deya xabar beradi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech