01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Turizm
14 Aprel  2020 639

Suv havzasi yozning davosi

To‘dako‘l suv havzasi hududida turistik plyaj zonasi tashkil etilmoqda.

To‘dako‘l suv havzasi hududida joylashgan yozgi, qulay dam olish maskanida «Silk Road Resort & Spa» MChJ tomonidan yangi ekoturizm hududi tashkil etilib, plyaj zonasi yaratilishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda 15 gektar maydondan iborat bo‘lgan mazkur hudud bo‘ylab yozgi dam olish sayyohlik maskanini barpo etish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Ushbu manzil viloyatga tashrif buyuruvchi mehmonlar, qolaversa, mahalliy aholimiz uchun oldinda turgan jazirama faslda o‘zining yuqori sifatli xizmatlarini taklif etishni maqsad qilgan.

Yuqori jahon andozalariga javob bera oladigan yozgi dam olish maskani loyihasining umumiy qiymati 3 milliard so‘mni tashkil etib, uning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida viloyatda yana 150 ta yangi ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan.

Hozirga qadar 7 ming tup manzarali daraxtlar ekish mo‘ljallangan hududda 3 ming tup ko‘chatlar ekilganligi va plyaj ob'ekti bo‘ylab tabiiy chim-maysalar yotqizilgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech