10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Energetika
3 Iyun  2020 769

Ikki tomonlama samarali bitim

Turkiya kompaniyasi Oʻzbekistonda gaz elektrostansiyasi quradi.

Turkiyaning Aksa Energy kompaniyasi yurtimizda investitsion loyihani amalga oshirmoqchi. Oʻzbekiston respublikasi Energetika vazirligi tomonidan imzolangan bitimga asosan amalga oshiriladigan mazkur loyihaning yoʻnalishi Toshkentda quvvati 240 MVtga teng yangi gaz elektrostansiyasi qurilishiga qaratilgan.

COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkabliklarga qaramay, kompaniya qurilishni bir yilda yakunlamoqchi. Ishni tezlashtirish uchun kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi mutaxassislarining bir qismini Oʻzbekistonga olib kelinishi ham koʻzda tutilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Loyiha zamonaviy “davlat-xususiy sherikchilik” investitsion model asosida amalga oshiriladi. Kelishilgan shart boʻyicha Aksa Energy kompaniyasi elektrostansiyani qurib bitkazadi va 25 yil davomida ishlatadi. Oʻzbekiston esa oʻz oʻrnida, stansiyani tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash va ishlab chiqarilgan energiya mahsulotini sotib olishni oʻz zimmasiga olgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech