01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Xavfsizlik
16 Aprel  2020 387

Tunda qurol olib yurganlar

Tunda odamlarning ko‘chada qurol ko‘tarib yurishi yuzasidan ichki ishlar organi tomonidan tezkor surushtiruv ishlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan, bugunning o‘zida Toshkent viloyati IIBB JQB va Yangiyo‘l shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari davomida ushbu notanish shaxslar aniqlandi.

Ular: Yangiyo‘l shahar Navro‘z dahasida yashovchi 44 yashar 38 yashar va 37 yashar shaxslar ekanligi aniqlangan va ulardan 2 dona sport pnevmatik (tir) miltig‘i, hujjatlari bilan daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib, olingan.

Shuningdek, ular suhbat jarayonida o‘zlariga tegishli bo‘lgan sport pnevmatik (tir) miltiqlarini Toshkent shahridagi «Dinamo» sport do‘konidan hujjatlar asosida rasmiylashtirib olganligini va karantin davrida yosh bolalari uyda bo‘lganligi sababli, xavfsizlik yuzasidan ushbu qurollarni tanishi «Ulug‘bek» ismli shaxsning uyiga olib ketayotganligini va hyech qanday jonivorlarga qarata o‘q otmaganligini ma'lum qilishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Batafsil ma’lumot beriladi. deb xabar beradi IIV matbuot xizmati. 

Shu o‘rinda, xabarda o‘zlari va jamiyat hayotiga befarq bo‘lmay, atrofida kechayotgan voqyea hodisalarga o‘z munosabatlarini bildirib, fuqarolik pozitsiyasini namoyish etayotgan faol fuqarolarimizga minnatdorchilik bildirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech