24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Mamlakatimizda
17 Fevral  2019 849

Tug‘ilganlikni qayd etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali markaz binosida joylashgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi. Bu Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida malum qilindi.

Davlat xizmati bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyidagi Davlat xizmatlari markazida o‘zi kelgan holda amalga oshiriladi hamda markaz xodimi tomonidan elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi.

So‘rovnomaga tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma ilova qilinishi lozim.

Davlat xizmati uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida, ya’ni 30 409 so‘m gerb yig‘imi undiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun:

- so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

- hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi;

- davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun to‘lovni to‘lamaslik asos bo‘ladi.

Markaz xodimi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib 2 soatda tegishli FHDYo bo‘linmalariga taqdim etiladi.

FHDYo bo‘linmalari hujjatlarni olganidan so‘ng 2 ish kunida bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtiradi hamda 1 soatda Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech