22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Salomatlik
29 Noyabr  2019 3552

Tez kunlarda Toshkentda Xitoy tabobati markazi ochiladi

Toshkent shahar hokimi Beizhong Yilin Pharm Tech kompaniyasi prezidenti janob Lin Syuejun bilan uchrashdi, deb xabar qiladi hokimlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda poytaxt hokimi Xitoydan tashrif buyurgan hamkorlarning shahrimizga investitsiya kiritish istagini qo‘llab-quvvatlashini hamda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida hamkorlikka tayyorligini ta'kidladi.

Beizhong Yilin Pharm Tech kompaniyasining rahbari hozirgi kunda an'anaviy Xitoy tabobati markazi qurilayotganini, ushbu markaz qoshida tibbiyot xodimlarimiz uchun o‘qitish dasturlari tashkil etilishini ma'lum qildi. Markazning ochilish tez kunlarda o‘tkaziladi.

Investitsiyalar kiritilishining keyingi bosqichida Toshkentda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, katta an'anaviy tibbiyot klinikasi ochilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yilning avgust oyida Beizhong Yilin Pharm Tech kompaniyasining prezidenti Lin Syuejun Toshkent farmatsevtika institutining rektori I.I.Alimjanov bilan uchrashgan edi. Uchrashuv davomida taraflar Xitoy an'anaviy tabobati va Abu Ali Ibn Sinoning tabobat sohasidagi bilimlariga hamda birgalikda tadqiqotlar va ilmiy yutuqlar almashinuviga asoslangan ta'lim kurslarini tashkil qilish masalasini muhokama qilishgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech