19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,9 °C

Madaniyat
21 Fevral  2019 6027

“Butun olam bittagina nigohda”

Yuliya Munning suratlar ko‘rgazmasi ana shunday nomlanadi. 

 

«Ilhom» teatrida taqdim etilgan ekspozitsiyalarning bosh personajlari – itlar, yanayam to‘g‘rirog‘i, uysiz, daydi itlar. Suratlarda egalari ular bilan o‘ynab-o‘ynab, bezor bo‘lgach yoki boshqa sabablar bilan ko‘chaga haydalgan jonivorlar aks etgan.

- Shunchaki ularning ko‘zlariga boqing va hammasini ko‘rasiz, - deydi muallifning o‘zi.

Yuliya «Hayot» jonivorlar boshpanasiga borganini eslaydi. Sovuq va qor yog‘ayotgani ham ularni jonivorlar holidan xabar olishga borishdan to‘xtata olmagan.

Muallifning aytishicha, to‘rt oyoqli jonivorlarning ko‘zlaridan juda ko‘p narsani uqib olish mumkin. Ammo hayotda jonivorlarga mehrli insonlar ham juda ko‘p. Masalan, shunday insonlarni 600 ga yaqin jonivor saqlanadigan «Hayot» boshpanasida uchratish mumkin.

- Biz, mamlakatimizning barcha hududlaridagi ko‘ngillilar ham bizdan o‘rnak olib, jonivorlar uchun boshpanalar ocha boshlashiga umid qilamiz. Bizga yer ajratib bergan hokimiyatdan va chin ko‘ngildan yordam berganlardan minnatdormiz, - deydi Iroda Matkarimova.

Tashabbuskorlar jamoasini istalgan kishi qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Jonivorlar boshpanasidagilar bundan xursand bo‘lishadi.

Ko‘rgazma 5 martga qadar davom etadi.

Konstantin Bashlayev.

Muzaffara Abdullaev surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech