07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Xalqaro hamkorlik
3 Mart  2020 815

TRASeKA loyihasi yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda

Joriy yil 2-martda transport vaziri Elyor G‘aniev TRASEKA Bosh kotibi Aset Asavbaevni qabul qildi.

Uchrashuvda TRASEKA koridori ish faoliyatini qayta jonlantirish masalalari muhokama etildi. Xususan, ushbu koridorning raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar hususida so‘z bordi.

Ushbu koridor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilgan yillarda yuk tashuvlar hajmi yuqori ko‘rsatkichlarga yetganligi alohida baholandi. Bugungi kunda Baku-Tbilisi-Qars temir yo‘li salohiyatidan unumli foydalangan holda TRASEKA koridori faoliyatini qayta jonlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud ekanligi qayd etildi.

TRASEKA Bosh kotibi Aset Asavbaev TRASEKA koridorini raqamlashtirish, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash, chegaralarni kesib o‘tish tartibini takomillashtirish, logistika markazlari va portlarning ishlashini optimallashtirish, shuningdek, temir yo‘l transportida chegaralarni kesib o‘tish tartibini boshqarishning yaxlit tizimidan foydalanish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani haqida axborot berdi, deb xabar beradi Transpor vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech