09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Transport
4 Iyun  2020 604

Transport importi uchun yana bir qulaylik

Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi.

2020-yil 3-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4739-sonli “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yana-da tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar boʻyicha transport vositalarini olib kirishda amalda boʻlgan aksiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari Prezidentning PQ-3818-sonli qarori bilan tasdiqlangan, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech