15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Transport
20 Sentyabr  2019 802

Transmashxolding O‘zbekistonga beshta metro poezdi jo‘natdi

«Metrovagonmash» AJda beshta metro poezdlari sostavining tantanali jo‘natilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi xoldingning tashqi aloqalar va korporativ kommunikatsiyalar direksiyasi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov, «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi boshlig‘i Oybek Xudoyqulov, VEB.RF (Rossiya davlat rivojlanish korporatsiyasi)ning katta boshqaruvchi direktori Igor Shabanov, «Metrovagonmash» bosh direktori Boris Bogatiryovlar ishtirok etdi.

Toshkent metrosi uchun to‘rt vagonli beshta sostavni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2018-yil oktyabr oyida imzolangan. Shartnomaga ko‘ra, har bir poezd ikkitadan bosh motorli vagonlar, bitta oraliq motorli vagoni, bitta oraliq motorsiz vagondan iborat. Vagonlarning xizmat qilish muddati - 30 yil. Ishlab chiqaruvchi zavod shuningdek, ushbu seriyali metro vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallarni yetkazib beradi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.

Toshkent metropoliteni uchun tayyorlangan metro vagonlarida qator texnologik innovatsiyalardan foydalanilgan. Poezdlar oldingi modellarga qaraganda, farqlanadi: unda u vagondan bunisiga o‘tish yo‘li mavjud va ichi kengroq, eshiklari kattaroq (1400 mm), shuningdek, ularni ochish-yopish yangi chiroqli ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan. Yangi avlod metro vagonlari uchun shovqin yutuvchi past kuchlanishli g‘ildiraklar ishlab chiqilgan. Konstruksiyada zamonaviy tortish disklari, ekologik toza materiallar, vagonlarning shovqin va issiqlikdan ishonchli izolyasiyadan foydalanilgan. Bosh vagonlarda nogironlar aravachalari uchun joylar mavjud. Salonlarda havoni salqinlatish-isitish, shamollatish va dezinfeksiyalash tizimlari o‘rnatilgan.

«Metrovagonmash» 2017-yildan Moskva metrosi uchun «Moskva» nomli ushbu seriyadagi vagonlarni yetkazib beradi. Toshkent uchun buyurtmachi talablariga javob beradigan yangilangan modifikatsiyadagi tarkib ishlab chiqarildi.

Toshkent metropoliteni va MVMni o‘zaro manfaatli hamkorlikning uzoq tarixi bog‘lab turadi. O‘zbekiston poytaxtiga 1977-yildan beri 20 dan ziyod metro poezdlari yetkazib berilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech