25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Dolzarb
8 Yanvar  2019 1240

Xitoy poytaxtida fojia

Pekinning Ksicheng rayonida joylashgan boshlang‘ich maktabga uyushtirilgan hujum tufayli 20 nafar bolakay yaralandi, deya xabar beradi Reuters xalqaro yangiliklar agentligi.

 

 

Ulardan uch nafari og‘ir jarohat olgan, biroq ularning hayotiga hyech nima xavf solayotgani yo‘q. Yaralanganlarning barchasi gospitalga olib ketilgan.

Bunday zo‘ravonlik hujumini erkak kishi pichoq yordamida amalga oshirgan. Gumondor shaxs qo‘lga olingan ham.

Reuters ning keltirishicha, bolalarga nisbatan jinoyatni sodir etish Xitoyda kam uchraydigan holat, ammo so‘nggi yillarda mamlakatning turli rayonlarida maktablar va bolalar bog‘chalariga ana shunday bir necha hujumlar sodir etilgan. Ulardan biri 2017-yilning yanvarida sodir etilgan bo‘lib, bir erkak oshxona pichog‘i bilan 12 bolakayning umriga zomin bo‘lgan. Jinoyatchi yaqinda qatl etildi.

O‘z axborotimiz

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech