31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
8 Aprel  2020 394

To‘yxonada niqob tikkan uddaburolar

Joriy yil 4-aprelida Chirchiq shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yana bir qonunbuzilish holati aniqlandi.

Shaharda joylashgan «Aziya» to‘yxonasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turuvchi 31 yashar fuqaro hyech qanday hujjatlarsiz tibbiy niqob ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

U faoliyatini 2-aprelda boshlab, noqonuniy ravishda 183 nafar ishchi yollab, ular bilan og‘zaki ravishda, har bir niqob uchun 60 so‘mdan ish xaqi berishga kelishgan. Buning ustiga bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlarning sifati va belgilangan sanitariya talablariga nechog‘lik javob berishi hyech kimni qiziqtirmagan.

Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan bino ko‘zdan kechirilganda 131 973 dona tayyor tibbiy niqob, 170 000 dona yarim tayyor mahsulot va 21 dona kleylash uskunasi, jami 301 994 dona, umumiy narxi 156 million 696 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi. Nazorat tadbiri natijasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ashyolari masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech