20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,1 °C

Transport
30 Sentyabr  2019 550

“Toshshahartransxizmat” AJ ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtosaroylarning avtobuslari paxta mavsumiga jalb etilgani, buning natijasida yo‘nalishlarda avtobuslar yetishmay qolishi, tirbandliklar yuzaga kelishi va boshqa asoslanmagan turli fikr-mulohazalar bilan boyitilgan xabarlar tarqadi.

Shuni aytish joizki, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga biriktirilgan yo‘nalishlarning tasdiqlangan xujjatlariga ko‘ra shanba va yakshanba kunlari harakat jadvallari soni ish kunlariga nisbatan kam etib belgilanadi.

Shu sababli avtobuslardan samarali foydalanish maqsadida kelib tushgan buyurtmaga binoan, joriy yilning 28 avgust kuni shartnoma asosida avtobuslar xizmat ko‘rsatish uchun ajratildi. Avtobuslar shu kunning o‘zida korxonalarga qaytgan hamda yakshanba va dushanba kunlari jadval bo‘yicha yo‘nalishlarga chiqarildi.

Shu o‘rinda yana bir bor ta'kidlashni istardik, tarqalayotgan turli tasdiqlanmagan xabar va ma'lumotlar jamoatchilikda noto‘g‘ri fikr uyg‘otish bilan birga jamiyat faoliyatiga ham o‘zining salbiy ta'sirini o‘tkazadi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida ijtimoiy tarmoq hamda ommaviy axborot vositalari vakillari “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati haqidagi ma'lumot va xabarlarni jamiyat manbaalari asosida e'lon qilsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech