06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
5 May  2020 303

Toshkentga sayyoh nazari bilan

Rossiyaning «Moya planeta» telekanalida Toshkentga bir kunlik sayohat namoyish qilindi.

«Moya planeta» telekanali azim poytaxt haqida ajoyib material bilan bo‘lishdi. «Shaharda bir kun. Toshkent» nomli videoda shahrimizning qadimiy yodgorliklari, uning zamonaviy qiyofasi, madaniy boyliklari va mahalliy aholi turmush tarzi o‘ziga xos uslubda yoritib berilgan, deb xabar beradi Turizmni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda boshlovchi Zoya Berberning ajoyib taassurotlari hikoya qilinadi.

Unda, teleboshlovchining ta’birii bilan aytganda, «Ming o‘rik» arxeologik yodgorligi sirli va go‘zal Sharq olami bo‘lmish shaharning 2 200 yillik tarixga ega ekanligining yaqqol dalili deb baholanadi.

Shuningdek, mehmon poytaxtning Eski shahar qismidagi mahallalar bo‘ylab sayohat qiladi. U mahalliy aholi bilan muloqotga kirishib, o‘zbek xonadonlarining birida mehmon bo‘lishga ham ulguradi va bu haqda hayratini yashira olmaydi.

«Chorsu» bozori hamda «Hastimom» kompleksi tomoshabinlarda katta taassurotlar qoldirishiga Zoya Berber ishonadi. Bundan tashqari, Zoya Toshkent metropoliteni, «Mustaqillik» maydonida ham bo‘lib, bu joylarga qiziqarli ta’rif ham beradi. Milliy liboslar do‘koniga tashrif, milliy taomlarimiz tanovuli hamda Alisher Navoiy nomidagi teatrdagi baletga oid taassurotlari... Xullas, «Moya planeta» kanalidagi Toshkentga sayohat haqidagi videoni tomosha qilish va poytaxtga xorijlik sayyoh ko‘zi bilan nazar tashlash tavsiya etiladi.

Ma'lumot uchun: «Moya planeta» – bu Rossiyaning sayohat, fan, tarix va mashhur insonlar haqidagi videoblogi. Kanalning 377 ming obunachisi bo‘lib, undagi videolar 68 million martadan ortiq tomosha qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech