20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Transport
18 May  2019 567

Toshkentdan Xojikentga tezyurar poezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, aholining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2019-yil 18-maydan boshlab, yangi 6427 hamda 6428-sonli Toshkent-Xojikent-Toshkent shaharlararo tezyurar poezd harakatini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda jamiyat matbuot xizmati. 

 

Unga ko‘ra, qatnovlar haftaning shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Salar” temir yo‘l bekatidan (Mo‘ljal: “Pushkin” metro bekati) poezd ertalab soat 06:43 da yo‘lga chiqib, Xojikentga soat 08:01 da yetib boradi. “Xojikent” stansiyasidan soat 18:13 da harakatlangan poezd soat 19:31 da “Salar” bekati (“Pushkin” metrosi)ga yetib keladi. 

Yo‘lovchilar uchun yana bir afzallik, mazkur tezyurar poezd yo‘l davomida hech qanday oraliq bekatlarga to‘xtamaydi. Bu esa manzilga tez yetib borishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech