16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,7 °C

Mamlakatimizda
16 Aprel  2019 1546

Toshkentdagi maktabda o‘quvchini urgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi – XTV izohi

Internet nashrlarida e'lon qilingan “Maktabda janjal: Toshkentda direktorning qarindoshi o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklayapti” jurnalistik surishtiruviga Xalq ta'limi vazirligi quyidagicha izoh bildiradi:

Joriy yilning 19-martida Uchtepa tumanidagi 245-umumta’lim maktabida 2-“V” sinf o‘quvchisi A. A.ni sinf rahbari N.T. doskaga chaqirgan. O‘quvchini javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qo‘liga urgan. Shu kuni o‘quvchining onasi maktabning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Abdullayevga farzandi bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.

Maktabning O‘TIBDO‘ G‘.Abdullayev sinf rahbari va o‘quvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida o‘quvchining onasi ushbu holat yuzasidan e’tiroz bildirmasligini ma’lum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan.

Lekin o‘quvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida, 1-aprel kuni jurnalistlar maktabga kelib, holat yuzasidan surishtiruv olib borgan.

Sodir bo‘lgan holat maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasida 2019-yilning 1-aprel kuni o‘tkazilgan ishlab chiqarish yig‘ilishida muhokama etilib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.T. bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. O‘quvchi A.A. onasi D.Kadirovaning arizasiga ko‘ra 2-“V” sinfidan 2-“B” sinfiga o‘tkazildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech