21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Sport
30 Avgust  2019 507

Sh.Ergashev ringga chiqadigan Toshkentdagi boks oqshomida Roy Jons mehmon bo‘ladi

Ko‘pchilikning xabari bor, sentyabr oyining so‘ngida Toshkent katta professional boks kechasiga mezbonlik qiladi. GoSport.uz internet-nashrining xabar qilishicha mazkur boks kechasi bo‘yicha bir qator yangiliklar ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillarining internet-nashriga ma'lum qilishicha, 29-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur boks kechasida professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma'lum emas.

Shuningdek, mazkur boks oqshomida beshta vazn toifasida ko‘p karra jahon chempioni, afsonaviy Roy Jons ham faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik yulduz bokschilar Fazliddin G‘oyibnazarov, Bahodir Jalolov, Ulug‘bek Haqberdiev, Sanjar Tursunov, Jamshidbek Najmiddinov va boshqa bir qator bokschilar ringga chiqishi haqida ma'lum qilingandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech