27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,5 °C

Mamlakatimizda
13 Iyun  2019 399

Toshkentdagi 2 ta oliy o‘quv yurtining Shahrisabzda filiali tashkil etildi

Hukumat qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi (2019 yil 11 iyun, 488-, 489-son), deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Mazkur Filiallarda o‘quv jarayoni 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu Filiallarning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari  – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi.

Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech