24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Kеyingi avlod
9 Yanvar  2019 3706

Toshkentda yangi universitet tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahrida Amiti Universiteti tashkil etildi.

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning ta’lim faoliyati 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitetda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Amiti Universitetining (Hindiston Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech