18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,9 °C

Sport
8 Fevral  2019 1639

Toshkentda yangi olimpiya stadioni quriladi

Toshkentda yangi olimpiya stadioni barpo etilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar tarqatdi GoSport.uz sayti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2030-yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun ariza topshiradi. Arizada musobaqalarni tashkil qilish bo‘yicha maxsus dastur yaratiladi.

Aynan mana shu dasturga binoan poytaxt Toshkentda olimpiya standartidagi yangi stadion qurilishi loyihasi ham taqdim etiladi. Stadion Osiyo o‘yinlarining ochilish va yopilishi marosimi, shuningdek, futbol, yengil atletika musobaqalarini o‘zida qabul qiladi. Kelgusida stadion futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun xizmat qiladi.

Hozircha stadionning sig‘imi qancha bo‘lishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Shuningdek, uning Toshkentning qaysi qismida qurilishiga ham aniqlik kiritilmagan.

Ayni vaqtda bu loyiha ko‘rinishida qolmoqda. Stadion qurilishi uchun dastavval O‘zbekiston Osiyo o‘yinlariga mezbonlik huquqini qo‘lga kiritishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech