23 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Mamlakatimizda
11 Aprel  2019 416

Toshkentda yangi loyiha: turistlar uchun pilon

Aniqrog‘i, poytaxtimiz xaritasi, diqqatga sazovor maskanlar va boshqa foydali ma'lumotlar aks etgan monitorlar aholi gavjum joylarga o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Toshkent shahar hokimligi, Turizmni rivojlantirish departamenti va “Media Lux” MChJ  hamkorligida amalga oshirilgan  ushbu loyiha  shahrimizga keluvchi sayyohlar uchun muhim ma'lumotlarni taqdim etishga qaratilgan. Uning doirasida hozirda poytaxtimizning aholi gavjum bo‘lgan 10 ta nuqtasiga pilonlar joylashtirilgan. Jumladan:

— O‘zbek Milliy akademik drama teatri yonida;

— Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri yonida;

— Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat Akademik katta teatri yonida;

— Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yonida;

— “Ko‘kaldosh” madrasasi yonida;

— O‘zbek Davlat sirki yonida;

— Toshkent xalqaro Vestminster universiteti yonida;

— “O‘zbekiston” mehmonxonasi yonida

— Pushkin maydonida

— Sayilgoh qo‘chasida

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech