07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Ta'lim
14 Mart  2020 412

Toshkentda Sankt-Peterburg universitetining filiali ochiladi

O‘zbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali tashkil etiladigan bo‘ldi.

Bu haqda mamlakatimiz Oliy ta’lim tizimi vakillarining Sankt-Peterburg davlat universitetiga amalga oshirilgan tashrifi davomida kelishib olindi.

Bu yangilik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida Toshkentda Rossiyaning nufuzli universiteti filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumida o‘z aksini topdi.

Yangi filial biotibbiyot va sharqshunoslikka ixtisoslashadi. Mutaxassislarimiz biotibbiyotning yurtimiz ta’lim tizimi uchun yangi ta’lim yo‘nalishi ekanligini e’tirof etmoqda. Filialda kimyo, biologiya, fizika va boshqa fanlar bo‘yicha ilg‘or fanlararo tadqiqotlar olib boriladi hamda bu jarayonga O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot va farmatsevtika kompaniyalari faol jalb qilinadi.

Tashrif davomida shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutgan anglashuv memorandumi ham imzolandi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Toshkentda ochilgan filial Sankt-Peterburg davlat universitetining MDHdagi birinchi filiali. Sankt-Peterburg davlat universitetining o‘zi esa Rossiyada tashkil etilgan birinchi (1724-yil) universitet hisoblanadi. Universitet 9 nafar Nobel mukofoti laureati, 6 nafar mamlakat Bosh vaziri va Rossiya Federatsiyasining 2 nafar prezidentini tayyorlagan oliy o‘quv yurti sanaladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech