20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Xalqaro munosabatlar
15 Fevral  2019 1768

Toshkentda o‘zbek-turk tibbiyot forumi o‘tkaziladi

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning Istanbul shahrida 12-14-fevral kunlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi  sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Gruziya, Armaniston va Turkmaniston sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Muloqotlarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Shu o‘rinda A.Shadmanovning Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini alohida ta'kidlash joiz. Unda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Uchrashuvda Alisher Shadmanov har ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan barcha sohada, jumladan, tibbiyot sohasidagi hamkorlik jadallik bilan rivojlanib borayotgani, shuningdek, O‘zbekistonda investitsiyaviy muhit yaxshilanib, investorlarga qulay sharoitlar yaratib berilayotganini alohida qayd etdi. Muloqot jarayonida Toshkentda O‘zbek-Turk tibbiyot forumini o‘tkazishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida nafaqat Toshkentda, balki viloyatlarda ham zamonaviy tibbiyot klinikalarini tashkil etish, mutaxassislarning o‘zaro malaka oshirishi, O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar ham muhokama etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech