07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Sanoat
20 Mart  2020 442

Toshkentda “New Holland td-5.110” rusumli 1000-traktor ishlab chiqarildi

Toshkent qishloq xoʻjaligi zavodi hududidan chiqarilgan navbatdagi 100 ta traktorning biri “New Holland TD-5.110” rusumdagi modelning ushbu turdagi mahsulot ishlab chiqarila boshlangandan buyon hisoblanganda minginchisi boʻldi. Bu haqda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ikki kun davomida korxonaning 100 dona tayyor mahsuloti oʻzlarining yangi, moʻljaldagi manzillariga joʻnatildi. Bu traktorlarni ilk yirik korporativ mijoz – Toshkent viloyatida joylashgan “TTG-cluster” (Textile Technology Group) xarid qildi. Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz bilan hamkorlik oʻrnatgan “New Holland” kompaniyasi qishloq xoʻjaligi va yoʻl-qurilish texnikasi ishlb chiqarishga ixtisoslashgan jahonning yetakchi tuzilmalari safida eʼtirof etiladi.

Mazkur brend ostida bir qator modeldagi texnika vositalari, jumladan kichik yuklov mashinalari, uzum terish kombaynlari, gusenitsali ekskavatorlar, don yigʻuvchi kombaynlar, zichlovchi-yigʻuvchi mashinalar ishlab chiqariladi. Jarayonni moliyalashtirishni jadal surʼatlarda rivojlanib borayotgan “Asaka-Trans-Leasing” lizing kompaniyasi oʻz zimmasiga olgan. Hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad respublikada qishloq xoʻjaligi mashinalari turlarini yangilash va koʻpaytirishdan iborat. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ Marketing va tashqi savdo faoliyati boshqarmasi masʼul vakillarining aytishicha, bunday katta miqdorda mahsulot sotilishi kompaniya uchun yaxshi koʻrsatkichdir.

Fermer va dehqonlarimiz, klasterlar keyingi vaqtlarda aynan shu rusumdagi texnika vositalarini tanlayotgani bejiz emas. Sababi, traktorning mazkur optimal varianti hamuniversal, ham ish samaradorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.

“New Holland TD-5.110” traktoriga har qanday rusumdagi yoki turli funksiyalarni bajaradigan, masalan plug, borona singari tirkamalarni ulash mumkin. Mashinaning yana bir ustunlik tomoni shundaki, Oʻzbekiston – AQSH konstruktorlarining hamkorlikdagi ijodi mahsuli boʻlgan mazkur traktor yarim avtomat usulda ishlaydi. Kabinada konditsioner, pech, dinamikli magnitola oʻrnatilgan. Bundan tashqari yana bir qator afzalliklarga ega.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu uskunani mahalliy fermer va dehqonlar uchun oʻzbek bestselleri, deyish mumkin. Eng muhim, “New Holland TD-5.110” bugungi kunda Oʻzbekistonda eng koʻp sotilayotgan model hisoblanadi: narxi nisbatan arzon, sifati yaxshi, ishlatishga juda ham qulay.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech