19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Mamlakatimizda
7 Yanvar  2019 1226

Toshkentda issiq va ichimlik suvni hisoblovchi smart-asboblar o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jalik ob’ektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlash ko‘zda tutilmoqda.

Qaror ilovasida keltirilishicha,  Toshkent shahridagi kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Hujjatga ko‘ra kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik talablar ishlab chiqiladi va topshiriq belgilanadi. 

Shuningdek, 2020-2022-yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturi 2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Ijro muddati – 2019-yil 1-aprelgacha, mas’ullar - Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech