26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Xavfsizlik
21 Yanvar  2019 1032

Toshkentda 10 kishidan iborat jinoyatchilar oilasi qo‘lga olindi

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida IIBB xodimlari ilgari bir necha bor sudlangan va joriy yilning 14-yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (“Firibgarlik”)da qayd etilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e'lon qilingan 26 yoshli Toshmatov Voxidjon Ulug‘bekovichni qo‘lga olish vaqtida qarshilikka uchradi.

 

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lumotiga  ko‘ra, Qo‘lga olish vaqtida qidiruvda bo‘lgan shaxs bilan bir xonadonda bo‘lgan qarindoshlari IIBB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatishgan. Ikki nafar xodimga tan jarohati yetkazishgan. Yordamga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari V. Toshmatov bilan o‘n nafar shaxsni qo‘lga olishgan. Ularning hujjatlari tekshirilganda barchasi bir oila a’zolari ekanligi va ushbu oilaning 3 nafar a’zosi bir qator jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgani aniqlangan.

Xususan, 46 yoshli Sohibova Odina Solijonovna - Farg‘ona viloyat IIB tomonidan “Tovlamachilik” jinoyati amalga oshirishda gumonlanib qidiruvda bo‘lgan.

22 yoshli Sohibov Ozodbek Shuxratovich – Toshkent viloyati IIBB tomonidan JKning 277-moddasiga binoan (Bezorilik) jinoyatida ayblanib qidiruvda bo‘lgan.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB fuqarolar: Tashmatov Vohidjon Ulug‘bekovich 1992-y.t., Soxibova Odina Solijonovna 1972-y.t., Sohibov Ozodbek Shuxratovich 1997-y.t., Tashmatov Zohid Ulug‘bekovich 1994-y.t., Tashmatov Ulug‘bek Zulumbekovich 1969-y.t., Tashmatova Laylo Ulug‘bekovna 2000-y.t., Tashmatov Burxon Luqmonovich 1991-y.t., tomonidan Toshkent shahri hududida “Tovlamachilik” jinoyatlari amalga oshirilganligi haqida ma’lumotga ega.

Ushbu munosabat bilan, Toshkent shahar aholisi va mehmonlari orasida ushbu fuqarolar hatti-harakatidan jabrlanganlar bo‘lsa – IIBga shaxsan yoki 102 telefon raqami orqali murojaat qilishlarini so‘raydi.

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech