19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19 °C

Xavfsizlik
18 Mart  2019 642

Toshkent viloyatida bosqinchilar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida shu yil 16-martga o‘tar kechasi 3 nafar noma'lum shaxs yuziga niqob kiyib, temir bo‘lagi va pichoq bilan qurollangan holda Navoiy mahallasida yashovchi F.A.ning uyiga bostirib kirishgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Bosqinchilar F.A.ning birga yashovchi o‘g‘li B.A.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning yuziga urib, tan jarohati yetkazib, uyidan 4 300 000 so‘m puli va aksessuarlarini olib voqyea joyidan yashirinishgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy mahallasida yashovchi Z.S., O‘rtachirchiq tumani Galabotir mahallasida yashovchi S.J. va Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi M.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech