19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
17 Yanvar  2019 1419

Toshkent shahridagi favvoralar hududlari davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladi

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi favvoralar holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi balansidagi favvoralarni kapital ta’mirlash, obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish belgilandi. Shuningdek, favvoralar atrofidagi hududlarga shartnoma asosida tijorat va ko‘ngil ochish ob’ektlarini joylashtirish, bunda davlat-xususiy sheriklik tamoyili bilan tadbirkorlik sub’ektlariga beg‘araz uch yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga topshirilishga rozilik berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech