23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Transport
10 Iyul  2019 386

Toshkent shahrida bir nechta jamoat transporti yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgaradi

Shahrimizda 2019-2020-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yo‘llarda qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat, ayrim markaziy yo‘llarda transportlar harakati cheklandi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Jumladan, Toshkent shahri Nukus ko‘chasida issiklik tizimining yer osti quvurlarini ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Shu bois bu yerda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.

Mazkur holatni inobatga olib, Nukus ko‘chasi bo‘ylab Mirobod ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga qadar bir nechta jamoat transporti yo‘nalishlari o‘zgaradi.

Unga ko‘ra:

-  Mirobod ko‘chasi va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari oralig‘ida 12, 14, 22, 26, 37, 46, 55, 60, 78, 80, 81, 127 sonli avtobus, 11, 23, 30, 67, 136, 152 sonli marshrutkalar Oybek chorrahasidan o‘ngga, vokzal tomonga;

-  22, 26, 37, 55, 60, 80 sonli avtobus, 11, 23, 30, 67, 95 marshrutkalar Nukus ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chalari orqali;

-  14, 46, 78 sonli avtobuslar Nukus va Amir Temur ko‘chalari orqali vaqtincha harakatlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech