23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +40,2 °C

Xavfsizlik
29 Yanvar  2019 1726

Toshkent shahrida bir kunda ikki mingdan ortiq yo‘l harakati qoidasi buzilgan

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, soha xodimlari tomonidan 2019-yil 28-yanvar – kun davomida jami 2 ming 16ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shulardan:

336ta qo‘pol qoidabuzarliklar;

18ta svetoforning taqiqlangan chirog‘ida harakatlanish;

8ta holatda yo‘l patrul xizmati inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik;

190ta odam tashish qoidalarini buzish;

13ta holatda xaydovchilar harakat davomida uyali telefondan foydalanishi;

36ta holatda transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarishi;

8ta holatda haydovchilar transport vositasini mast holatda boshqarishi;

68ta holatda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish;

9ta holatda haydovchilarning tegishli ruxsatnomasiz transport vositasini yon oynalarini qoraytirilgan holatda boshqarishi;

728ta holatda haydovchilar transport vositasini xavfsizlik kamari taqmasdan xarakatlanishi;

279ta holatda piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi holatlari aniqlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech