17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Mamlakatimizda
16 May  2019 627

Toshkent shahrida 3800 dan ziyod fuqarolar biometrik pasport olmagani aniqlandi

Toshkent shahar IIBBning ma'lum qilishicha pasport tartibi tekshiruvi davomida 3801 nafar shaxslarda hamon O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasporti yo‘qligi ma'lum bo‘lgan.

37 nafar shaxsda esa bugungi kunga qadar faqatgina bitta asosiy hujjat – sobiq SSSR pasporti borligi aniqlangan. Hozirgi kunda 3801 nafar fuqarolardan 3747 nafari hamda eski SSSR pasportiga ega bo‘lgan 18 kishi biometrik pasportlarga ega bo‘lishdi.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi aholiga murojaat qilib, agar biror sabablarga ko‘ra sizda biometrik pasport bo‘lmasa, Toshkent shahar IIBB MvaFR Boshqarmasiga yoki tuman bo‘limlariga murojaat qilishni va eski nusxadagi pasportlar (biometrik bo‘lmagan) respublika hududida 2019-yilning 31-dekabrigacha amal qilishini eslatib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech