16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
29 Aprel  2019 567

Toshkent shahar hokimligida investitsiya loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Toshkent shahar hokimligida tashkil etilgan “Investor kuni” tadbirida poytaxtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalari ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan tadbirkor hamda ishbilarmonlarning turli yo‘nalishdagi loyihalari ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.

“Investor kuni” tadbirida ma'qullangan loyihalarning umumiy qiymati 1 trln.820 mlrd. so‘m bo‘lib, shundan qariyib 617 mlrd so‘mi tadbirkorlarning o‘z mablag‘idir. Shuningdek, 117,2 mln. AQSh dollari xorijiy investitsiya va qolgani bank kreditidir.

Loyihalar yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalarini tashkil etish hamda turar joy binolarini  barpo etishga qaratilgan bo‘lib, ularning ishga tushirilishi natijasida 6630 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Toshkent shahar hokimligi ushbu tadbirda barcha investorlar va xorijiy hamkorlarni faol ishtirok etishga taklif etadi. 

Tadbirda ishtirok etish uchun o‘z biznes loyihangizni tashinvest.uz saytiga joylashtirishingiz mumkin, deyilgan xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech