21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +41,2 °C

Mamlakatimizda
26 Iyun  2019 473

Toshkent shahar hokimi daraxtlarning noqonuniy kesilayotganini ko‘rib qoldi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev 25-iyundan 26-iyunga o‘tar kechasida Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, “Turkiston” san'at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganini ko‘rib qolgan. 

Hokim ushbu noqonuniy harakat bo‘yicha izoh so‘raganida, “tabait kushandalari” diametri 70-80 santimetr bo‘lgan 20 ta daraxtni kesish uchun  “Yagona oina” davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga ruxsat olganliklarini ma'lum qilishgan.

Voqyea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokratura mutasaddilari  chaqirildi.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qo‘lga olingan. Prokratura nazoratida sog‘lom daraxtlarni kesish bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech