16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Mamlakatimizda
15 Aprel  2019 1391

Toshkent moliya institutida “Innovatsion sug‘urta markazi” tashkil etildi

“Kapital Sug‘urta”  AJ hamda Toshkent Moliya instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi va unga asosan mazkur institutda “Innovatsion sug‘urta markazi” tashkil etildi. 

 

Ushbu markazning tashkil etilishidan asosiy maqsad “sug‘urta ishi” yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalarga amaliyotdan malakali kadrlarni jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulodlari, master-klasslar, seminar-treninglarni olib borish, talabalarni kasbga yo‘naltirish, tanishuv, ishlab-chiqarish, bitiruv oldi amaliyotlarni kompaniyaning turli filial va bo‘linmalarida o‘tkazishni tashkillashtirish hamda rivojlantirish, yakuniy bitiruv loyiha ishlarida kompaniya ishtirokini joriy etish, shuningdek bitiruvchilarni ish bilan ta'minlashdan iboratdir.

O‘zaro hamkorlik natijasida tomonlar quyidagilarga erishishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent moliya instituti:

- Fan-ta'lim-ishlab chiqarish integratsiyasi ta'minlanadi;

- Davlat va xususiy sherikchiligi asosida tijorat faoliyati olib boriladi;

- Talabalar zamonaviy o‘quv xonalariga ega bo‘ladi, moddiy texnik bazasi yangilanadi;

- Talabalar kasbga yo‘naltiriladi;

- Tadqiqotlar olib borish va ularni markaz faoliyatida aprobatsiyadan o‘tkaziladi;

- Ilmiy ishlanmalar kommersilizatsiya qilinadi va amaliyotga joriy etiladi;

- Institut xodimlari va pedagoglarning qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratiladi.

Sug‘urta kompaniyasi:

- Yosh va malakali kadrlar zaxirasi shakllantiriladi va ular ish bilan ta'minlanadi;

- Yangi mahsulotlar yaratiladi va markaz faoliyatida tajribadan o‘tkaziladi;

- Xodimlar malakasi doimiy ravishda oshirib boriladi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar inson hayoti, uning sog‘lig‘i va mulkini himoya qilishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda, aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech