21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Transport
28 Oktyabr  2019 711

Toshkent-Minsk avtopoygasi start oldi

UzAuto Motors Service & Trade-In Center maydonidan Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillarida yirik Toshkent-Minsk yirik avtopoygasi start oldi, deb xabar beradi UzAuto Motors matbuot xizmati.

Poyganing 4 000 km.lik yo‘nalishi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Belorus hududidan o‘tadi. Avtopoygadan ko‘zlangan maqsad –Belorus iste'molchilar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini ko‘rsatishdir.

Belorussiyalik OAV vakillari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Asaka avtomobil zavodiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirildi.

Ularning ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida zavod rahbariyati O‘zbekistondagi avtomobilsozlik sohasining muhim jihatlari haqida so‘zlab berdi.

Avtopoygada beloruslik jurnalistlar va ularning suratga olish guruhi qatnashadi, ular mazkur poygalardan reportajlar tayyorlab boradi.

Avtopoyga tashkilotchisi UzAuto Motors kompaniyasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech