20 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,1 °C

Mamlakatimizda
19 Sentyabr  2019 2004

Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

Raxim Rasuljonovich Xakimov Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

R.Xakimov 1983-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2003-yilda Namangan davlat universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Yuridik fanlari doktori.

R.Xakimov o‘z mehnat faoliyatini 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Yig‘ma axborot-tahlil guruhi yetakchi ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2017-yil dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori, 2018-yil iyul oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech