23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Ta'lim
17 Aprel  2020 4056

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi

“Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilanToshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Universitet) tashkil etildi.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

- Universitetga taʼlim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek, talabalarning bilimini baholash hamda oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini taʼminlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;

- taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;

- xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;

- Universitetda sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

Shuningdek, qarorga koʻra:

- 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Universitetga oʻqishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari oʻtkaziladi;

- 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʻiz tillari va boshqalar) boʻyicha respublikadagi barcha davlat OTMlariga oʻqishga qabul qilishda joriy etiladi.

Qaror bilan 2020-2023-yillardaUniversitetni kompleks rivojlantirish dasturitasdiqlandi.

Universitet tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Sinxron tarjima laboratoriyasi va Multimedia markazi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan:

- Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi;

- Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi tashkil etiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech